Rossiya va Oʻzbekiston 2030-yilgacha harbiy hamkorlik dasturini tasdiqladi

O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi. Shuningdek, uchrashuv davomida Rossiya va Oʻzbekiston mudofaa idoralari rahbarlari Toshkentda strategik bitimni imzoladi. Hujjatlarda harbiy sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, 2025-yilga moʻljallangan reja doirasida 50 ta qoʻshma tadbirni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Rossiya va Oʻzbekiston harbiy sohada 2026-2030-yillarga moʻljallangan strategik sheriklik dasturini imzoladi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Toshkentda ikki mamlakat harbiy idoralari oʻrtasida muhim hujjatlar imzolandi. Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov va uning oʻzbekistonlik hamkasbi Shuhrat Xolmuhamedov yaqin besh yilga moʻljallangan strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqladilar, shuningdek, 2025-yilga moʻljallangan hamkorlik rejasini tasdiqladi.

Reja Rossiya va Oʻzbekiston mudofaa tuzilmalari faoliyatining barcha asosiy yoʻnalishlarini qamrab olgan 50 ta qoʻshma tadbirni oʻz ichiga oladi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qilgan edi. Vazir Oʻzbekiston Prezidentiga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.