Qirgʻizistonda yuzni yopib yuradigan kiyimlar va diniy targʻibot uchun uyma-uy yurishlar taqiqlandi

Dunyo

Sadir Japarov jamoat joylarida yuzni berkitadigan kiyimlarni kiyishni cheklovchi qonunni imzoladi. Kasbiy va tibbiy holatlar bundan mustasno. Shuningdek, dinga jalb qilish maqsadida uylarga tashrif buyurish — “daavat” ham taqiqlandi, biroq bu amaliyot ommaviy yigʻilish joylarida hamon ruxsat berilgan.

Foto: inosmi.ru

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov jamoat joylarida yuzni berkitadigan kiyimlarni kiyishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Kasbiy yoki tibbiy sabablarga koʻra bunday kiyimlarni kiyuvchilar uchun istisnolar mavjud, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Bundan tashqari, mamlakatda “daavat” — diniy targʻibot maqsadida uylarga kirishni taqiqlash joriy etildi.

Japarovning tushuntirishicha, ayrim tashkilotlar bu usuldan fuqarolarni nomaqbul diniy oqimlarga yashirincha jalb qilish uchun foydalanmoqda.

Shu bilan birga, masjidlarda, toʻylarda, dafn marosimlarida, bozorlarda va odamlar koʻp toʻplanadigan boshqa joylarda daavat qilishga ruxsat berilgan. Shuningdek, prezident Qirgʻiziston muftiyati va ulamolar kengashiga diniy voizlar uchun aniq talablar ishlab chiqishni soʻrab murojaat qildi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.