Qirgʻiziston poytaxtni Bishkekdan yangi Asman shahriga koʻchirishni taklif qildi.
Bu gʻoyani deputat Bakitbek Maripov Jogorku Kenesh yigʻilishida ilgari surgan. Uning fikricha, bu Bishkekdagi tirbandlik va havo ifloslanishi bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Asman Bishkekni oʻz ichiga olgan Chuyga qoʻshni Issiqkoʻl viloyatida joylashgan.