Srechko Katanes Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi

O‘zbekiston

Srechko Katanes Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli tegishli qaror qabul qildi.

Srechko Katanes sogʻligʻidagi muammolar tufayli Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi.

Sloveniyalik murabbiy oʻz murojaatida hozirgi holatda oʻz vazifalarini toʻliq va professional tarzda bajara olmasligini taʼkidladi. U uyushmaga doimiy qoʻllab-quvvatlashi va samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

“Oʻz navbatida, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanesga terma jamoamiz boshqaruvidagi mehnatlarini uchun minnatdorchilik bildiradi”. “Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi”, deyiladi xabarda.

OʻFA va Srechko Katanes oʻrtasidagi shartnoma bekor qilindi, biroq doʻstona munosabatlar saqlanib qoldi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzodni tayinlash boʻyicha ish olib bormoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.