Oʻzbekistonda transport infratuzilmasini rivojlantirish doirasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi “Toshkent — Xoʻjakent” elektropoyezdi yoʻnalishi Chinorkent stansiyasigacha uzaytirilishini maʼlum qildi.
Yangi stansiya 22-yanvar, chorshanba kuni ishga tushirildi. Stansiya qurilishi bir necha yil davom etdi. Chorvoq suv omboriga olib boruvchi yoʻl ham kengaytirildi.
Yangi stansiyada uzunligi 150 metr boʻlgan ayvonli perron qurildi. Shuningdek, yer osti piyodalar oʻtish joyi qurildi.
Ushbu yoʻnalishdagi stansiyalarda chipta sotish uchun infokiosklar oʻrnatish rejalashtirilgan.