Britaniya sudi Google`ga Rossiyaning YouTube`dagi telekanallari akkauntlarini bloklagani uchun Rossiya sudi tomonidan qoʻllanilgan ikki undesillion rubl (36 ta nol bilan) miqdorida jarima toʻlamaslikka qaror qildi.
2024-yilning kuzida Rossiya sudi Googleʼdan telekanallarning YouTube kanallariga kirishni tiklashni yoki jarima miqdorini har haftada ikki baravar oshirishni talab qildi. Bu esa jami jahon boyligidan oshib ketadigan juda katta jarima toʻplanishiga olib keldi.
Ushbu summani undirish ehtimoli nolga teng boʻlsada, Google oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun Buyuk Britaniya va AQSH sudlariga murojaat qildi. Britaniya sudi kompaniya tarafini olib, Rossiya tomonining harakatlarini “xalqaro majburlash strategiyasi” deb atadi.
Google yuristlari sud qarorini qoʻllab-quvvatlab, kompaniyaning harakatlari xalqaro sanksiyalarga mos kelishini taʼkidladi. Soʻnggi yillarda Rossiya sudlari Googleʼga Rossiya tashkilotlariga nisbatan sanksiya cheklovlariga rioya qilgani uchun bir necha bor katta jarimalar solgan.