Toshkent hayvonot bogʻiga ilgari Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 7-bolalar bogʻchasiga olib kelingan ikkita zaharli Oʻrta Osiyo kobrasi topshirildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Holatga baho berish va chora koʻrish uchun ushbu ish boʻyicha hujjatlar sudga yuborilgan.
Vazirlar Mahkamasi qarori va “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, yovvoyi hayvonlardan foydalanish, shu jumladan namoyish qilish taqiqlangan, maʼlum bir holatlar bundan mustasno, masalan, sirk chiqishlari, lekin alohida qoidalar bilan.
Bu holat joriy yilning yanvar oyida “Kumush Dayor” xususiy kompaniyasiga qarashli “Toshkent” havaskor sirki xodimi tumandagi taʼlim muassasalarida sirk tomoshalari oʻtkazish uchun mutasaddilardan ruxsat olganida sodir boʻlgan. Biroq dasturda chiqishlarda hayvonlar ishtirok etishi koʻrsatilmagan. Shunga qaramay, bogʻchada bolalarga hayot uchun xavfli boʻlgan ilonlar bilan qanday oʻynashni oʻrgatishdi.