2024-yilning yanvar-dekabr oylarida 23,9 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari Koreya Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan Oʻzbekistondan kelgan sayyohlar soni 5,4 ming kishiga koʻpayib, 29,1 foizga oshgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolarining Janubiy Koreyaga tashrif buyurishidan asosiy maqsad — sayohat (16 205 kishi). Shuningdek, koʻplab fuqarolar qarindoshlarini yoʻqlash (5 142 nafar), oʻqish (2 077 nafar), xizmat safarlari (427 nafar) va davolanish (58 nafar) maqsadida safarga chiqqan.