Xalqaro jinoyat sudi (XJS) prokurori Karim Xon “Tolibon” harakati yetakchisi Xaybatulla Oxundzod va Afgʻoniston bosh qozisi Abdul Haqqoniyni hibsga olish uchun order berish haqida soʻrov bilan murojaat qildi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Yetakchilar ayollar va qizlarni, shuningdek, ularning huquqlarini himoya qiluvchilarni taʼqib qilish bilan bogʻliq insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumon qilinmoqda.
Hujjatda aytilishicha, ayollarni jinsiga qarab taʼqib qilish asosiy huquqlarni, jumladan, jismoniy daxlsizlik, harakatlanish erkinligi, fikr bildirish, taʼlim olish, shaxsiy hayot va yigʻilishlar erkinligini buzish hisoblanadi.
Afgʻonistonning boshqa yuqori martabali amaldorlari ham hibsga olish xavfi ostida.