Tramp Kim Chen In bilan muloqotni qayta tiklamoqchi

Dunyo

AQSH prezidenti Shimoliy Koreya yetakchisi bilan yana bogʻlanish rejalarini maʼlum qildi va muloqotni davom ettirish muhimligini taʼkidladi. Tramp, shuningdek, XXR raisi Si Szinpin bilan doʻstona suhbatini aytib oʻtdi va ularning pandemiyagacha munosabatlari yaxshi boʻlganini qayd etdi.

Foto: RIA Novosti

AQSH prezidenti Donald Tramp Fox Newsʼga bergan intervyusida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muloqotni qayta tiklash niyatida ekanini maʼlum qildi.

“Men u bilan yana bogʻlanaman”, — dedi u.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yil iyun oyida Tramp Kim Chen In bilan demilitarizatsiya zonasida uchrashib, KXDR yetakchisi bilan muzokaralar oʻtkazish uchun bu yerga tashrif buyurgan birinchi AQSH prezidenti boʻldi.

Bundan tashqari, Tramp XXR raisi Si Szinpin bilan munosabatlari haqida gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, COVID-19 pandemiyasidan oldin ularning hamkorligi muvaffaqiyatli boʻlgan va yaqindagi suhbat doʻstona ruhda oʻtgan.

“Xitoy — shuhratparast mamlakat, Si Szinpin esa shuhratparast odam. Biz doʻst edik, munosabatlarimiz yaxshi edi”, — dedi Tramp.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.