Kelajakda yangi turar-joy binolari gazsiz qolishi mumkin

O‘zbekiston

Deputat Alisher Qodirov yangi uylarni gaz taʼminotidan mahrum etish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi. Uning fikricha, elektr energiyasi ishlab chiqarishni koʻpaytirish va gaz oʻrniga elektr energiyasidan foydalanishni oʻrganish zarur.

Фото: Иллюстративное

23-yanvar kuni 18 ming uy alohida gaz isitish tizimi bilan qurilgani sababli foydalanishga topshirilmayapti. Mansabdorlarga har bir holatni oʻrganish va muammoni hal qilish boʻyicha hukumatga takliflar kiritish uchun ishchi guruh tuzish vazifasi yuklandi.

“Bu yil 135 ming xonadonli koʻp qavatli uylarni markazlashgan holda isitiladigan, ovqat pishirish esa elektr plitasi orqali boʻladigan qilib qurish zarurligi qayd etildi”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilishicha, joriy yilda aynan 135 ming xonadon (shundan 15 mingtasi Yangi Toshkentda) qurilishi rejalashtirilgan.

Oliy Majlis deputati Alisher Qodirov mazkur taklifni qoʻllab-quvvatladi.

“Yangi quriladigan uylarda energiya manbasi sifatida faqat elektr energiyasini ragʻbatlantirish taklifini qoʻllab-quvvatlaymiz. Yashil energetika kelajagimiz”, — deya yozdi Qodirov 24-yanvar kuni oʻzining Telegram kanalida.

Uning soʻzlariga koʻra, gaz — qimmatli resurs. Bir kub metr gazdan 10 ga yaqin yuqori daromadli eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, ularni chet elga sotish va millionlab vatandoshlarimiz uchun ish oʻrinlari yaratish mumkin.

“Elektr energiyasi ishlab chiqarishni koʻpaytirib gaz oʻrniga elektr energiyasi ishlatishni oʻrganishimiz kerak”, — deb yozdi Qodirov.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.