Ozarbayjonda 21 yoshdan oʻqotar qurol sotib olishga ruxsat berilishi mumkin

Dunyo

Ozarbayjon parlamenti fuqaroviy oʻqotar qurolni 21 yoshdan, boshqa fuqaroviy qurolni esa 18 yoshdan sotib olishga ruxsat beruvchi qonunga oʻzgartirish kiritishni koʻrib chiqmoqda. Agar oʻzgarishlar qabul qilinsa, Ozarbayjon postsovet hududida bunday qonuniylashtirishga ega birinchi davlat boʻladi.

Ozarbayjonda Milliy Majlisning Mudofaa, xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan taklif etilgan “Xizmat va fuqaro quroli toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan tuzatishlar asosida fuqarolarga 21 yoshdan boshlab oʻqotar qurol sotib olishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Haqqin.az.

Bundan tashqari, 18 yoshga toʻlgan fuqarolar uchun oʻqotar quroldan tashqari fuqaroviy qurol sotib olishga ruxsat berish taklif qilinmoqda.

Agar oʻzgartirishlar maʼqullansa, Ozarbayjon postsovet hududida va MDHda fuqaroviy oʻqotar qurollarni sotib olish va saqlashni qonuniylashtirgan birinchi davlat boʻladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.