Oʻzbekistonda 15 mingga yaqin korxona xorijiy sarmoya bilan ishlamoqda

O‘zbekiston

2025-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda xorijiy investorlar ishtirokidagi 14 871 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda. MDH davlatlari orasida Rossiya va Qozogʻiston eng faol boʻlib, ularning ulushiga 3900 dan ortiq kompaniya toʻgʻri keladi.

Foto: “Взгляд.uz”

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda jami 14 871 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona va tashkilotlar mavjud. Shundan 3 965 tasi qoʻshma korxonalar shaklida, 10 906 tasi esa toʻliq xorijiy korxonalar hisoblanadi.

MDH davlatlari orasida Oʻzbekistondagi korxonalar soni boʻyicha eng koʻpi Rossiya bilan bogʻliq — 2 937. Ikkinchi oʻrinda Qozogʻiston 1041 ta kompaniya bilan. Uchlikni 314 ta korxona bilan Tojikiston yakunlaydi. Shuningdek, roʻyxatda Qirgʻiziston (287), Ozarbayjon (263), Belarus (237), Armaniston (46) va Moldova (25) bor.

Bu maʼlumotlar Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy sohadagi hamkorligi yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.