AQSH Meksika qoʻltigʻini rasman Amerika qoʻltigʻiga oʻzgartirdi, deb xabar berdi mamlakat Ichki ishlar vazirligi sayti.
“Bu oʻzgarishlar millatning Qoʻshma Shtatlarning buyuk merosini asrab-avaylash va amerikaliklarning kelajak avlodlari oʻz qahramonlari merosi va tarixiy qadriyatlarini hurmat qilishini taʼminlashga sodiqligini tasdiqlaydi”, — deyiladi xabarda.
Agentlik, shuningdek, Trampning Amerika toponimlarini qayta nomlash boʻyicha yana bir direktivasi kuchga kirganini maʼlum qildi. Shimoliy Amerikaning eng baland choʻqqisi boʻlgan Denal togʻi hozirda AQSHning 25-prezidenti Uilyam Mak-Kinli sharafiga rasmiy Mak-Kinli deb ataladi
Vazirlik tasarrufidagi AQSH Geografik nomlar kengashi mamlakat Geografik nomlar axborot tizimidagi maʼlumotlarni zudlik bilan yangilaydi.
7-yanvar kuni Tramp birinchi marta Meksika qoʻltigʻi nomini Amerika qoʻltigʻiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorini eʼlon qildi. Bunga javoban Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum kinoya bilan qitʼaning shimoliy qismi uchun Meksika Amerikasi nomini ishlatishni taklif qildi.