Senat Oʻzbekiston Oliy sudining 5 nafar sudyasini ishdan oldi

O‘zbekiston

Senatorlar Oʻzbekiston Oliy sudining 5 nafar sudyasini lavozimidan ozod qildi. Oliy sud hozircha oʻzgarishlarga izoh bermadi.

Oliy sudning 5 nafar sudyasi lavozimidan ozod etildi Oliy sudning 5 nafar sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Eng katta oʻzgarishlar fuqarolik ishlari boʻyicha hayʼatda yuz berdi. Uni birdaniga uchta sudya — Navroʻz Rahmonov, Abdunosir Igamberdiyev va Abduvohid Qosimov tark etishdi. Shuningdek, jinoyat ishlari boʻyicha hayʼat aʼzosi Hasan Egamberdiyev va iqtisodiy ishlar boʻyicha hayʼat aʼzosi Zoir Rustamov ham lavozimidan ozod etildi.

Oliy sud hozircha oʻzgarishlarga izoh bermadi.

Qonunga koʻra, Senat Oʻzbekiston prezidentining taqdimnomasiga binoan oliy sudyaning vakolatlarini muddatidan oldin tugatishi mumkin. Bunday qarorga sudyaning oʻz lavozimini tark etish istagi, sogʻligʻining holatiga koʻra ishni bajara olmasligi, qasamyodni buzganligi va boshqa holatlar asos boʻladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.