Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyachi yordamchisi bolani yuziga urib, xonadan zoʻrlab olib chiqib ketgani aks etgan video tarqalgandi.
Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur holat batafsil oʻrganilganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, hodisa 22-yanvar kuni poytaxtning Sergeli tumanida joylashgan “Солнышко” xususiy maktabgacha taʼlim muassasasida sodir boʻlgan.
Maʼlum qilinishicha, tarbiyachi yordamchisi Y.M. bolani tinchlantirishga harakat qilib, uning yuziga urib, keyin qoʻlidan tortib, boshqa xonaga olib kirgan. Oqibatda bola tan jarohati olgan, eng muhimi, unga oyoq sinishi tashxisi qoʻyilgan.
Bola Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazildi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.