2024-yil boshidan buyon Milliy gvardiya inspektor-psixologlari tomonidan bolalarning maktabda boʻlmasligi bilan bogʻliq 44 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan. Maktab oʻquvchilarining ota-onalariga 175 mingga yaqin ogohlantirishlar yuborildi.
Bu maʼlumotlar Senat majlisida muhokama qilindi. Gap 47-moddaning (Bolalarni tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik) buzilishi, yaʼni ota-onalar oʻz farzandlarini maktabga yubormaslik haqida bordi.
Yakunda senatorlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritiladigan va oʻsmirlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan qonun loyihasini maʼqulladi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatda bir nafar inspektor-psixologga 3 tadan 10 tagacha taʼlim muassasasi toʻgʻri keladi. Muammo shundaki, ular qoidabuzar oʻsmirlarni boshqa uchastkalarga yoʻnaltirishadi, bu ularning samaradorligini pasaytiradi va ortiqcha vaqt sarflaydi.
Yangi qonun Milliy gvardiya psixologlarining maktablardagi vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan.