2024-yilda aholi depozitlari hajmi 42 foizga oshdi

O‘zbekiston

Yil davomida banklarning depozit portfeli 27,7 foizga oʻsib, 308,7 trln soʻmga yetdi. Asosiy oʻsishni aholi ulushi taʼminladi, bu koʻrsatkich umumiy hajmning 39,7 foizini tashkil etdi. “Oʻzmilliybank”, “Kapitalban”, va “Ipoteka bank” depozitlar boʻyicha yetakchilar boʻlib qolmoqda.

Foto: “Взгляд.uz”

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda bank depozitlarining umumiy hajmi 308,7 trln soʻmga (23,7 mlrd dollar) yetdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 27,7 foizga koʻpdir.

Jismoniy shaxslarning depozitlari 41,8 foizga, yuridik shaxslarning depozitlari esa 19,9 foizga oshdi. Portfelning umumiy tarkibida aholining ulushi 39,7% ni, tadbirkorlik subyektlarining ulushi 60,3% ni tashkil etdi.

Depozitlar hajmi boʻyicha 36,8 trln soʻm bilan “Oʻzmilliybank” yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi oʻrinda “Kapitalbank” (36,7 trln soʻm), undan keyin “Ipoteka bank” (25,7 trln soʻm) turadi.

Joylashtirish muddatlariga kelsak, barcha omonatlarning 39 foizi bir yildan ortiq muddatga ochilgan. “Talab qilib olinguncha” depozitlar — 32%, 30 kungacha — 4%, 180 kungacha — 10%, 1 yilgacha — 15% ni tashkil etdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.