IQAir maʼlumotlariga koʻra, 27-yanvar kuni soat 18:23 holatiga koʻra, Oʻzbekiston poytaxti Toshkent havo sifati indeksi (AQI) 224 bilan dunyodagi eng iflos shaharlar reytingida birinchi oʻrinni egallab, “juda zararli” deb tasniflangan.
Toshkentdan keyin AQI 220 bilan Dakka (Bangladesh), uchinchi oʻrinni esa AQI 174 boʻlgan Dehli (Hindiston) egalladi.
Top-10 likka Lahor (Pokiston), Katmandu (Nepal), Qohira (Misr), shuningdek, Hindistonning Kalkutta va Mumbay shaharlari ham kirdi. Ushbu koʻrsatkichlar, ayniqsa, aholining zaif guruhlari uchun sogʻliq uchun xavfli boʻlgan havoning yuqori darajadagi ifloslanishini koʻrsatadi.
Mutaxassislarning eslatishicha, AQIning 150 dan yuqori darajasi allaqachon sogʻliq uchun zararli hisoblanadi, 200 dan yuqori qiymatlar esa barcha aholi uchun xavfli vaziyatdan dalolat beradi. Shahar hokimiyati va ekologlar havo sifatini yaxshilash uchun shoshilinch choralar koʻrishga chaqiradi.