2025-yildan Oʻzbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” mutaxassisligi boʻyicha bir yillik oʻqish muddati bilan magistratura ochiladi. Bu prezidentning kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish uchun mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan yangi qarorida nazarda tutilgan tashabbusdir.
Bundan tashqari, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab IIV Akademiyasi “Yurisprudensiya” yoʻnalishiga kiruvchi “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqishni boshlaydi. Dastur toʻrt yilga moʻljallangan.
2025-yil 1-iyulga qadar IIV Akademiyasi tarkibida Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika fakultetini tashkil etish rejalashtirilgan. U kiberhuquq, axborot xavfsizligi va raqamli texnologiyalar kafedralarini oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, shu jumladan, tergovchilar, surishtiruvchilar va prokurorlar uchun raqamli kriminalistika boʻyicha onlayn kurslarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.