“Dori-Darmon” AKga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston

Mirzanozim Doʻsmuratov “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bungacha Doʻsmuratov “Oʻzfarmsanoat”da ishlab, Professional boks federatsiyasi raisi boʻlgan.

Foto: “Dori-Darmon” AK

Mirzanozim Doʻsmuratov “Dori-Darmon” AK direktorlar kengashi raisi etib saylandi.

Mirzanozim Mirzabekovich Doʻsmuratov tayinlovga qadar tibbiyot fanlari nomzodi, ortoped, travmatolog-protezist, “Oʻzfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni “tugatish komissiyasi” rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, 2013-yilda Doʻsmuratov Professional boks federatsiyasi (PBF) raisi lavozimiga tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Umida Solihboyeva kompaniya boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq “Dori-Darmon” davlat-aksionerlik uyushmasi 36,1 foiz davlat ulushi bilan “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Respublika dorixona boshqarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.

Ayni paytda “Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan farmatsevtika bozoridagi yetakchi ulgurji-chakana savdo korxonasidir. Kompaniyaning hududiy boʻlinmalari mavjud boʻlib, ular tarkibiga 6 ta aksiyadorlik jamiyati va 7 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat, shu jumladan, 17 ta omborxona, 15 ta tadqiqot-tahlil laboratoriyasi kiradi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.