Toshkent dunyodagi eng iflos havoga ega shaharlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi

O‘zbekiston

Toshkent havo ifloslanishi eng yuqori boʻlgan shaharlar orasida birinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston poytaxti atmosferasida PM2.5 zararli moddalarining konsentratsiyasi ruxsat etilgan meʼyordan 36,8 baravar oshdi.

Toshkent 28-yanvar kuni (14:00) havo ifloslanishi eng yuqori boʻlgan shaharlar orasida birinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston poytaxti atmosferasida PM2.5 zararli moddalarining konsentratsiyasi ruxsat etilgan meʼyordan 36,8 baravar oshdi.

Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, havodagi PM2.5 zarrachalari meʼyordan atigi 2,8 baravar oshgan.

“PM2,5-mayda dispers zarralarining miqdori 98,964 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu REMdan (35 mkg/m3) 2,82 baravar koʻp”, — deyiladi Oʻzgidrometning Telegram-kanalida.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari poytaxtdagi havo sifatidan noroziligini bildirmoqda. Bundan tashqari, Toshkentni oʻrab olgan chang-toʻzonlar aks etgan videolar ham eʼlon qilindi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.