Andijon viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

O‘zbekiston

Davronbek Hasanboyevich Sattorov Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sattorov Paxtaobod tumani hokimining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Davronbek Sattorov viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Davronbek Sattorov tayinlovga qadar Paxtaobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2024-yil 15-yanvardan buyon Jasurbek Parpiyev ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.