Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida mahalliy jamoa tomonidan har yili oʻtkaziladigan Ladda Maxotsav diniy bayrami paytida bambuk sahnasi qulab tushdi. Fojia yuzlab dindorlar toʻplangan ibodatxonalardan birida sodir boʻldi. Hodisa olti kishining oʻlimiga va 50 dan ortiq ishtirokchilarning jarohatlanishiga olib keldi.
NDTV telekanali xabariga koʻra, jabrlanganlar orasida politsiya xodimlari ham bor. Jarohatlanganlar zudlik bilan tibbiyot muassasalariga yetkazildi, ayrimlariga joyida yordam koʻrsatildi.
Uttar-Pradesh bosh vaziri Yogi Aditya Nathning topshirigʻi bilan tergov boshlandi. Okrug sudyasi Askita Lal bu bayramning 30 yillik tarixida birinchi marta sodir boʻlayotganini taʼkidladi.