Xitoy bilan vizasiz rejim qachon kuchga kirishi maʼlum boʻldi

O‘zbekiston

Xitoyda oʻzbekistonliklar uchun vizasiz rejim aprel oyidayoq amal qila boshlashi mumkin. Shu munosabat bilan Uzbekistan Airways Toshkentdan Shenchjenga va Fargʻonadan Urumchiga yangi reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida vizasiz rejim joriy yilning mart oyidan keyin joriy etilishi kutilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways boshqaruvi raisining tijorat va turizm boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Yodgorov maʼlum qildi.

“Mart oyidan keyin mamlakatlarimiz oʻrtasida vizasiz rejim ochilishi kutilmoqda, bu Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi yoʻlovchilar oqimini oʻn baravarga oshirishga xizmat qilishi kerak. Biz bu bozorda katta istiqbollarni koʻryapmiz”, — dedi Shuhrat Yodgorov.

Shu munosabat bilan aviakompaniya Toshkentdan Shenchjenga va Fargʻonadan Urumchiga yangi reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil oxirida Oʻzbekiston va Xitoy oʻzbekistonliklar uchun vizasiz rejim toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan edi. Ushbu bitim Oʻzbekiston fuqarolariga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beradi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.