Qariyb ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilinadi

O‘zbekiston

AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati hisobotiga koʻra, 2024-yil noyabr oyida deportatsiya roʻyxatiga 975 nafar Oʻzbekiston fuqarosi kiritilgan. Turli mamlakatlardan jami 1,5 millionga yaqin muhojirlar surgun qilinmoqda.

Foto: Reuters

AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati hisobotiga tayanib, Fox News maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning noyabr oyida 970 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi mamlakatdan deportatsiya qilingan.

Roʻyxatda 975 kishi bor, ularga nisbatan chiqarib yuborish boʻyicha yakuniy qarorlar qabul qilingan, ammo ular hali hibsga olinmagan.

Hujjatda deportatsiya xavfi ostida qolgan turli davlatlardan jami 1,5 millionga yaqin migrantlar koʻrsatilgan. Shunisi eʼtiborga loyiqki, roʻyxatda hali ham mavjud boʻlmagan davlatlar — SSSR va Yugoslaviya mavjud. Biroq bunday pasportlar bilan odamlarni qayerga yuborishlari nomaʼlumligicha qolmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.