Toshkent tumanida 25 yoshli qiz va qaynonasi oʻrtasida mojaro kelib chiqdi, natijada yangi tugʻilgan chaqaloq jarohat oldi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, voqea 27-yanvar kuni sodir boʻlgan. Janjal paytida qaynona kelini qoʻlida yangi tugʻilgan chaqaloqni koʻtarib turganida unga termos otgan.
Natijada termosdan qaynoq suv bolaga kelib tushdi. Chaqaloqda qoʻl va oyoqlarning kuyishi qayd etilgan. Hozirda unga zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshladi. Bolaning onasiga bir oyga himoya orderi berildi.