2024-yilda Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya budjetga 115,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan, deb xabar bermoqda DSQ Telegram kanali. Bu soliq tushumlari summasi 69,8 mlrd soʻmni tashkil etgan 2023-yilga nisbatan 1,6 barobarga koʻpdir.
Daromadlarning asosiy qismi (99,9%) 10 ta kompaniyaga toʻgʻri keldi:
Meta - 41,7 mlrd soʻm;
Google - 29 mlrd soʻm;
Apple - 27,3 mlrd soʻm;
Amazon - 4,1 mlrd soʻm;
Booking.com - 3,6 mlrd soʻm;
Netflix - 1,4 mlrd soʻm;
Zoom - 1,4 mlrd soʻm;
Acca - 1,2 mlrd soʻm;
Xsolla - 966,7 mln soʻm;
TikTok - 903 mln soʻm.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yildan Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar QQS toʻlashlari shart. Soliq kodeksining 281-moddasiga koʻra, ular soliq hisoboti va boshqa zarur hujjatlarni hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar taqdim etishlari kerak.