Fransiyalik sayyohlar Oʻzbekistonga tez-tez tashrif buyurmoqda

O‘zbekiston

2024-yilda Oʻzbekiston fransiyalik sayyohlar orasida yanada ommalashdi. Kelganlar soni oʻtgan yilga nisbatan 26,2 foizga oshib, 23,5 ming nafarga yetdi. Aksariyat mehmonlar sayohat qilish uchun kelishadi, lekin qarindoshlarini yoʻqlash, oʻqish yoki biznes bilan shugʻullanadiganlar ham bor.

Foto: lang.hse.ru

2024-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan fransiyalik sayyohlar soni sezilarli darajada oshdi. Maʼlumotlarga koʻra, yanvar-dekabr oylarida respublikaga 23 527 nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 879 nafarga yoki 26,2 foizga koʻp demakdir.

Fransiyalik sayyohlarning aksariyati Oʻzbekistonga sayohat qilish uchun keladi — 21 023 kishi. Bundan tashqari, 1 198 kishi qarindoshlarini yoʻqlash uchun, 1 174 kishi xizmat safarida, 67 kishi tijorat ishlari bilan, 65 kishi oʻqish uchun kelgan.

Fransiyadan sayyohlar oqimining oʻsishi Oʻzbekistonning madaniy merosi va diqqatga sazovor joylariga boʻlgan qiziqishning ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.