Poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanida oʻtkazilgan tezkor-nazorat tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Kompaniyalardan birining mansabdor shaxslari noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanib, konteynerga 40 ta mayning qurilmasini oʻrnatgan.
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishdan koʻrilgan zarar 2,1 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.