Rossiya prezidenti Vladimir Putin, garchi u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni noqonuniy rahbar deb hisoblasada, Kiyev uchun zarur boʻlsa, Rossiya tomoni “har kim” bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini aytdi.
“Ha, har kim bilan muzokara olib borish mumkin, faqat oʻzining noqonuniyligi tufayli u [Zelenskiy] hech narsa imzolashga haqli emas. Agar u muzokaralarda ishtirok etishni xohlasa, men bu muzokaralarni olib boradigan odamlarni ajrataman”, — dedi Putin jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida.
Rossiya rahbarining taʼkidlashicha, agar muzokaralar olib borilsa, Moskva “mamlakat manfaatlariga mos keladigan” narsaga erishadi. Hujjatlarni imzolash nuqtai nazaridan, yuristlar Ukraina davlati tomonidan vakolat berilgan shaxslarning qonuniyligini tasdiqlashlari kerak.
Uning soʻzlariga koʻra, hozir muzokaralar boshlanib ketsa, ular noqonuniy boʻladi. Sababi, Zelenskiy bu farmonni imzolaganida u nisbatan qonuniy prezident edi, endi esa uni bekor qila olmaydi, chunki u noqonuniy.
Shu bilan birga, Putin agar Ukraina kelishuvni, yaʼni yuridik yoʻlni istasa, dedi. Uning aytishicha, Konstitutsiyaga koʻra, buni Ukraina Oliy Radasi raisi qilishi mumkin.
Zelenskiyning Ukraina prezidenti lavozimidagi besh yillik vakolati 2024-yil 20-mayda tugadi. Saylovlar 2024-yil mart oyida oʻtkazilishi kerak edi, biroq mamlakatda harbiy holat joriy qilingani sababli ular bekor qilindi.