Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida temiryoʻl transportida 9 803,6 ming nafar yoʻlovchi tashilgan. Bu 2023-yilga nisbatan 177,1 mingtaga koʻp boʻlib, temir yoʻl tashuvlariga boʻlgan talabning oshganidan dalolat beradi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, temiryoʻl transportida joʻnatilgan yoʻlovchilar soni 2020-yildan buyon barqaror oʻsib bormoqda. Oʻshanda bu koʻrsatkich 6,15 million kishini tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilda 7,95 millionga yetdi. 2022-yilda u 9 milliondan oshdi, 2023-yilda esa 9,63 million yoʻlovchini tashkil etdi.
Yoʻlovchilar oqimining oʻsishi 2024-yilda oʻtgan yilga nisbatan 101,8 foizni tashkil etdi. Bunday oʻsish infratuzilmaning yaxshilanishi, reyslar sonining koʻpayishi va mamlakatda temiryoʻl transporti qulayligining oshishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.