Poytaxt yil boshidan beri eng yuqori ifloslanish darajasiga erishib, antirekordni yangilaganidan soʻng, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aholisi “Bizga toza havo kerak” shiori ostida chellenjni ishga tushirdi.
Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, 28-yanvar kuni kechqurun PM2,5-mayda zarrachalarining konsentratsiyasi 447 qiymatga yetgan. Shu bilan birga, JSST bu konsentratsiya har bir kub metr uchun 5 mikrogrammdan oshmaslikni tavsiya qiladi.
Havoda kuygan narsaning kuchli hidi sezildi, shaharda esa koʻrinish ancha yomonlashdi — koʻplab binolar qalin smog qatlamida gʻoyib boʻldi. Bundan tashqari, Toshkentni oʻrab olgan chang-toʻzonlar aks etgan videolar ham eʼlon qilindi.
Hozircha hukumat hech qanday izoh bermadi va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha qilingan ishlar tahlilini taqdim etmadi.