Oʻzbekistonda 2024-yilda 6 mln yoʻlovchi havo transportida joʻnatildi

O‘zbekiston

2024-yilda Oʻzbekistonda aviaqatnovlar hajmi 6 mln yoʻlovchiga yetdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 14,9 foizga koʻpdir. 2023-yilga nisbatan yoʻlovchi tashish 781 ming kishiga oshgan.

Foto: “Взгляд.uz”

Oʻzbekiston Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda havo transportidan foydalangan yoʻlovchilar soni 6 millionga yetgan. Bu 2023-yilga nisbatan 14,9 foizga (yoki 781 ming yoʻlovchiga) koʻpdir.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi yillarda yoʻlovchilar oqimining barqaror oʻsishi kuzatilmoqda. 2020-yilda jami 868,9 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, 2021-yilda bu koʻrsatkich 2,98 millionga, 2022-yilda 4,08 millionga, 2023-yilda esa 5,26 millionga yetdi.

Aviayoʻlovchilar sonining koʻpayishi aholining mobilligi ortib borayotganidan va mamlakat aviatsiya tarmogʻining rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.