Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtdagi Islom Karimov haykali poyiga gul qoʻydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi, hukumat vakillari, ziyolilar va shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.
Marosimda Qurʼoni oyatlari oʻqilib, duolar oʻqildi. Ishtirokchilar oʻz hayotini xalqqa xizmat qilishga bagʻishlagan Islom Karimovning xalq manfaati yoʻlida qilgan ishlari, fazilatlari yodga oldi. Shunga oʻxshash tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham oʻtkazildi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan birinchi prezidentning xotirasi abadiylashtirilgan: uning tugʻilgan kuni har yili nishonlanadi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi barpo etildi, Samarqandga tashriflar chogʻida Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilish yaxshi anʼanaga aylandi.