Pavlodardan Qozogʻiston kartoshkasi Oʻzbekiston bilan chegarada toʻxtatildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz KTKga tayanib.
Sariogʻash bekatida 43 ta kartoshka vagoni turibdi. Yanvar oyida tadbirkorlar uni Oʻzbekistonga sotdi va yuk tarkibi xaridorga yoʻl oldi. Chegarada uni fitosanitar tekshiruvdan oʻtkazish uchun toʻxtatishdi. Sabzavotlar vagonda 10 kundan ortiq qolib ketgan, kartoshka esa sovqotib, chirib qolgan.
“Mana, chiridi. Suv oqa boshladi, hammasi oqib ketdi! Avval sovqotdi, keyin eridi, vassalom. Bitta vagonda 68 tonna. Ammo u endi yaroqsiz!” — deydi tadbirkor Azamat Serikbayev.
Sotuvchilarning aytishicha, kartoshka hatto molga ham yaramaydi. Ular yukni nega uzoq ushlab turganlarini tushunmaydilar. Hujjatlar yanvar oyi oʻrtalarida, eksportga taqiq kiritilishidan oldin rasmiylashtirilgan. Shuning uchun biznesmenlar yukni uzoq ushlab turish uchun hech qanday sabab koʻrmayapti.
Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Qozogʻiston uchinchi davlatlarga, shu jumladan Oʻzbekistonga kartoshka eksportini olti oyga cheklagan edi. Oʻzbekistonga yuborilgan kartoshka taqiq kuchga kirishidan oldin sotib olingan va rasmiylashtirilgan.