2024-yilda oʻzbekistonlik ish beruvchilar rossiyaliklarga 57,2 mingta ish taklifini yubordi, deb xabar berdi RBK HeadHunter maʼlumotlariga tayanib.
Rossiyaliklar uchun barcha xorijiy boʻsh ish oʻrinlari orasida Oʻzbekistonning ulushi 7 foizni tashkil etdi. Statistik maʼlumotlarga Oʻzbekiston va xalqaro kompaniyalar, shuningdek, Rossiya firmalarining Oʻzbekistonni ish joyi sifatida koʻrsatgan takliflari kiritilgan.
Rossiyaliklar uchun taklifnomalar soni boʻyicha Belarus, Qozogʻiston va Gruziya yetakchi boʻldi. Turkiya Oʻzbekistonni beshinchi oʻringa oʻtkazib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Bunday boʻsh ish oʻrinlarida oʻrtacha ish haqi 51,7 ming rublni (taxminan 530 dollar) tashkil etdi, ammo IT-mutaxassislarga ancha koʻproq taklif qilindi — 2 dan 3 ming dollargacha.
Xorijda rossiyalik sotuv va mijozlar bilan ishlash boʻyicha menejerlar, dasturchilar va ishlab chiquvchilar, call-markaz operatorlari, dizaynerlar va marketologlarga eng katta talab bor edi.