Toshkentda 67-sonli (“Yunusobod, 19-mavze — Xalqaro aeroport”) va 91-sonli (“Yunusobod, 15-mavze — Koʻkcha masjidi”) yoʻnalishlardagi avtobus haydovchilari doʻppi kiyib ishlay boshladi.
“Toshshahartransxizmat” AJ xabariga koʻra, bu poytaxt hokimining milliy anʼanalarni targʻib qilishga qaratilgan qarori ijrosi bilan bogʻliq. Rasmiylarning taʼkidlashicha, bu orqali shahar aholisi va mehmonlari uchun madaniy boyliklar namoyish etiladi.
Eslatib oʻtamiz, 21-yanvar kuni Toshkent shahar hokimi milliy oʻzlikni targʻib qilish toʻgʻrisidagi hujjatni imzoladi. Unga koʻra, davlat idoralari va korxonalari xodimlari har juma kuni milliy kiyimda yurishi shart.