“Vashingtondagi aviahalokatdan omon qolganlar yoʻq” — Donald Tramp

Dunyo

AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi yoʻlovchi samolyoti va harbiy vertolyot toʻqnashuvi oqibatida hech kim omon qolmaganini maʼlum qildi.

Vashington osmonida aviahalokatdan omon qolganlar yoʻq. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp maʼlum qildi.

“Halokat joyida olib borilayotgan ishlar endi qidiruv ishlarini olib borishga qaratilgan. Afsuski, tirik qolganlar yoʻq”, — dedi u.

Uning aytishicha, tun boʻyi keng koʻlamli qidiruv-qutqaruv operatsiyasi oʻtkazilgan, uning davomida barcha mavjud resurslar jalb qilingan.

“Bu poytaxtimizda va mamlakatimiz tarixida ogʻir va mashaqqatli kecha, dahshatli miqyosdagi fojia boʻldi. Biz toʻsatdan bizdan tortib olingan har bir qimmatbaho jon uchun qaygʻuramiz”, — dedi Tramp.

Eslatib oʻtamiz, American Airlines aviakompaniyasining yoʻlovchi samolyoti Vashington aeroportiga yaqinlashayotganda harbiy vertolyot bilan havoda toʻqnashgan. Toʻqnashuv 29-yanvar kuni kechqurun Vashingtondagi Ronald Reygan aeroporti yaqinida sodir boʻlgan.

Samolyot bortida 60 nafar yoʻlovchi va toʻrt nafar ekipaj aʼzosi, vertolyotda uch nafar harbiy boʻlgan. Samolyot ham, vertolyot ham Potomak daryosiga qulab tushdi. 67 kishining barchasi halok boʻldi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.