Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida federatsiya rahbari lavozimiga saylandi.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqilib, federatsiya raisi saylandi.
Hidoyatov Oliy xoʻjalik sudi maslahatchisi (1998−2008), Chirchiq transformator zavodi rahbari (2013−2014) lavozimlarida ishlagan. Keyin u Akfa guruhining qurilish boʻyicha direktori boʻlib ishlagan, 2018-yilda esa Tashkent City direksiyasiga rahbarlik qilgan.
2021-yilda Hidoyatov Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga rahbarlik qilgan.