Oʻzbekiston va Ozarbayjon biometrik ID-karta orqali chegarani kesib oʻtishga ruxsat berishi mumkin

O‘zbekiston

Ozarbayjon va Oʻzbekiston fuqarolari uchun sayohatlarni osonlashtiradigan xorij pasportlari oʻrniga ID-kartalardan foydalanish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Ushbu qadam ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, migratsiya sohasidagi hamkorlikni yaxshilash hamda savdo, turizm va madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Foto: triplook

Oʻzbekiston va Ozarbayjon biometrik ID-kartalardan chegarani kesib oʻtish uchun hujjat sifatida foydalanish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ushbu qadam fuqarolarning harakatlanishini osonlashtirishi, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashi va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikka hissa qoʻshishi kutilmoqda. Biometrik kartalarni joriy etish orqali fuqarolar chegarani chet el pasportisiz kesib oʻtishi mumkin boʻladi, bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi.

Bundan tashqari, ushbu qaror mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini faollashtirishga xizmat qilishi mumkin.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.