Internetda millatlararo nizolarni qoʻzgʻatuvchi feyk intervyu tarqatilmoqda

O‘zbekiston

Foydalanuvchilar nomaʼlum erkak haqoratomuz soʻzlarni aytgan videoda montaj izlarini aniqladi. Rossiya TIV maʼlumotlariga koʻra, yozuvning tarqatilishi ortida millatchi guruhlarga aloqador ukrainalik radikal turibdi. Mariya Zaxarovaning taʼkidlashicha, bunday maʼlumotlar Rossiyadagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan va tashqi kuchlar koʻmagida yaratilgan.

Foto: РИА Новости

Internetda oʻzini rossiyalik deb atagan erkak oʻzbeklarga nisbatan haqoratli taqqoslashga yoʻl qoʻygan videointervyu paydo boʻldi. Biroq foydalanuvchilar montajning aniq belgilariga va fragmentlarning kesilishiga eʼtibor qaratdi, bu esa yozuvning haqiqiyligiga shubha uygʻotdi. Intervyu oluvchining shaxsi haligacha aniqlanmagan, faqat suhbat litvalik jurnalist bilan boʻlgani maʼlum.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, ushbu videoning tarqalishiga Ukrainaning Nikolayevsk viloyatida yashovchi, radikal millatchi guruhlar bilan aloqador Nikolay Kochmarik sababchi.

Uning soʻzlariga koʻra, bunday axborot tarqatishdan maqsad — millatlararo keskinlikni keltirib chiqarish va Rossiyadagi vaziyatni beqarorlashtirish. Shuningdek, u bunday materiallar YouTube platformasi orqali tarqatilishini taʼkidladi, bu uning fikricha, tashqi aralashuvdan dalolat berishi mumkin.

Zaxarovaning taʼkidlashicha, Rossiya doimo millatlararo birlik tamoyillariga amal qiladi va MDH boʻyicha ittifoqchilari bilan munosabatlar asrlar davomida qurilgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.