Xitoy Pekin yaqinida eng yirik harbiy kompleks qurmoqda

Dunyo

Xitoyda poytaxtdan 30 kilometr uzoqlikda maydoni Pentagondan oʻn baravar katta obyekt qurilmoqda. AQSH razvedkasi maʼlumotlariga koʻra, majmua Xitoyning yuqori rahbariyatini himoya qilish uchun moʻljallangan va XXOA qoʻmondonligi uchun bunkerlarni oʻz ichiga oladi.

Foto: AFP

Pekin shahridan 30 kilometr janubi-gʻarbda qariyb 607 gektar maydonni egallagan yirik harbiy obyekt qurilmoqda. Tahlilchilar uni “Pekin harbiy shahri” deb atab, uning oʻlchami Pentagondan 10 baravar kattaligini taʼkidlaydi.

AQSHning sobiq va amaldagi razvedka xodimlarining soʻzlariga koʻra, ushbu markaz Xitoy oliy rahbariyati xavfsizligini taʼminlash uchun tashkil etiladi va harbiy vaziyat kuchaygan taqdirda Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi (XXO) qoʻmondonligi uchun mustahkamlangan bunkerlarni oʻz ichiga oladi.

Sunʼiy yoʻldosh tasvirlari shuni koʻrsatadiki, qurilish 2024-yil oʻrtalarida boshlangan va uning yakunlanishi 2027-yilda MOQning 100-yilligiga toʻgʻri keladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.