Oʻzbekistonda maxsus operatsiyalar davomida 42 ta jinoiy guruh faoliyati toʻxtatildi

O‘zbekiston

27–31-yanvar kunlari DXX va IIV tuzilmalari tomonidan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan 946 ta reyd oʻtkazildi. Natijada oʻnlab gumonlanuvchilar qoʻlga olinib, qurol-yarogʻ, oʻq-dori va giyohvand moddalar musodara qilindi.

Foto: DXX

27-31-yanvar kunlari Oʻzbekistonda keng koʻlamli aksilterror tadbirlari oʻtkazilib, ular davomida 42 ta jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi. Reydlarni Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari amalga oshirdi.

Jami 946 ta maxsus operatsiya oʻtkazildi. Natijada ogʻir jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan 418 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. 169 nafar gumonlanuvchi qoʻlga olindi. 399 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlib, shundan 270 nafari qamoqqa olingan. Ilgari qidiruvda boʻlgan 109 nafar shaxs ham qoʻlga olingan.

IIV xodimlari tomonidan 536 nafar fuqaro bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi, 402 nafar fuqaroga rasmiy ogohlantirish berildi.

Operatsiyalar davomida oʻq-dorilar bilan birga 80 ta oʻqotar qurol, 30 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari, 4,52 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, 186 ta miltiq, 22 ta bit va 17 ta kastet musodara qilindi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.