“Gʻishtkoʻprik” chegara posti orqali oʻtish toʻrt oyga toʻxtatildi

O‘zbekiston

“Gʻishtkoʻprik” (Chernyayevka) bojxona posti toʻrt oyga yopiladi. Cheklov ushbu postda qurilish ishlarini yakunlash maqsadida joriy etilmoqda.

“Gishtkoʻprik” (Chernyayevka) bojxona posti 4 oyga yopiladi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

Cheklov ushbu postda keng koʻlamli qurilish va rekonstruksiya ishlarini yakunlash maqsadida joriy etilmoqda. Xususan, vaqtinchalik imoratlarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, shuningdek, postga tutash hududda zarur infratuzilmani yaratish rejalashtirilgan.

“Gʻishtkoʻprik” chegara posti orqali oʻtayotgan fuqarolar va transport vositalari 2025-yil 5-fevraldan boshlab Navoiy bojxona postiga qayta yoʻnaltiriladi.

Yangi, zamonaviy jihozlangan “Navoiy” bojxona posti Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan boʻlib, “Gʻishtkoʻprik” postiga yaqin hudud hisoblanadi.

Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslarning harakatlanishini qulaylashtirish maqsadida “Navoiy” bojxona postida yuk tashuvchi transport vositalarining harakati cheklanadi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.