Tramp Xitoy, Kanada va Meksikadan importga boj joriy qildi

Dunyo

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada va Meksikadan import qilinadigan tovarlarga 25 foizlik, Xitoydan import qilinadigan tovarlarga 10 foizlik boj joriy etilishini eʼlon qildi. Bojlarning joriy etilishi ushbu mamlakatlarni noqonuniy immigratsiyani toʻxtatish boʻyicha bergan vaʼdalarini bajarishga majbur qilish zarurati bilan izohlanadi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada va Meksikadan import qilinadigan tovarlarga 25 foizlik, Xitoydan import qilinadigan tovarlarga 10 foizlik boj joriy etilishini eʼlon qildi.

Oq uy saytida eʼlon qilingan hujjatda Kanadaning energiya tashuvchilariga nisbatan pastroq tarif — 10% qoʻllanilishi aniqlashtirilgan. Bojlarning kiritilishi unda “Meksika, Kanada va Xitoyni AQSHga noqonuniy immigratsiyani toʻxtatish va zaharli fentanil va boshqa giyohvand moddalar oqimini toʻxtatish haqidagi vaʼdalarini bajarishga majbur qilish” zarurati bilan izohlanadi.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum bunga javoban oʻz iqtisodiyot vaziriga “Meksika manfaatlarini himoya qilish uchun tarif va notarif choralarni oʻz ichiga olgan ”B“ rejasini amalga oshirishni” topshirganini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, muammolar “tariflarni joriy etish orqali emas, balki muzokaralar va muloqotlar orqali hal etiladi” va Trampga sogʻliqni saqlash va xavfsizlik boʻyicha mutaxassislar ishtirokida ishchi guruh tuzishni taklif qildi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ham AQSHdan import uchun 155 milliard dollargacha 25 foizlik javob bojlari joriy etilishini eʼlon qildi. Tariflar alkogol, oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, maishiy texnika, mebel, yogʻoch-taxta va boshqalarni qamrab oladi. Trudoning qoʻshimcha qilishicha, Trampning harakatlari “bizni birlashtirmadi, balki ajratib yubordi” va Kanada qoʻshinlari Afgʻonistonda amerikaliklar bilan birga jang qilganini va inqiroz paytida yordam berganini eslatdi.

Xitoy Savdo vazirligi bojlarning joriy etilishi Jahon savdo tashkiloti qoidalarini “jiddiy buzishini” aytdi va JSTga shikoyat qilish va “tegishli qarshi choralar” koʻrishga vaʼda berdi. Ular qanday boʻlishi aniq emas. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bojlarni “konstruktiv boʻlmagan” deb atadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.