Samarqandda Onix haydovchisi YPX xodimini avtomobil kapotida sudrab ketdi — video

O‘zbekiston

Samarqandda Onix haydovchisi YPX xodimini avtomobil kapotasida sudrab ketdi. Haydovchi protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov olib borilmoqda.

Samarqandda YPX inspektorining qonuniy talabiga boʻysunmagan va hayoti uchun xavfli harakatlarni sodir etgan haydovchi qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

31-yanvar kuni Buyuk Ipak koʻchasida YPX inspektori “Onix” rusumli raqamsiz avtomobilni tayoq va hushtak yordamida toʻxtatishga uringan. Biroq haydovchi talabga eʼtibor bermay, atrofdagilar hayotiga xavf tugʻdirib, inspektorga hamla qilib, unga tan jarohati yetkazgan va koʻzdan gʻoyib boʻlgan.

Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan: Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi — xizmat yoki fuqarolik majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan jabrlanuvchini haqorat qilish (150 mln soʻmdan 225 mln soʻmgacha jarima, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikni cheklash), 219-moddasi — hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish yoki uni gʻayriqonuniy xatti-harakatlarga majburlash (3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish).

Haydovchi protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov olib borilmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.