Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Telegram-kanalida aytilishicha, oʻtgan yili Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan aviakompaniyalar yoʻlovchilariga 220 mln soʻmga yaqin mablagʻni qaytarish majburiyatini olgan.
2024-yil davomida qoʻmitaga aviatashuvchilar tomonidan qoniqarsiz xizmat koʻrsatilishi yuzasidan 240 ga yaqin shikoyat kelib tushgan.
Masalan, yoʻlovchilar reyslarni kechiktirganliklari va kutish vaqtida oziq-ovqat va toza ichimlik suvi taklif etilmaganligidan shikoyat qilishgan.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi yoʻlovchilarga aviakompaniya qoidalari, oʻz huquqlarini sinchkovlik bilan oʻrganishni va qoidabuzarlik holatlarida Qoʻmitaga shikoyat bilan murojaat qilishni tavsiya qiladi.