Dushanba kuni kunduzi va ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston hududi boʻyicha ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi, deb xabar berdi Oʻzgidromet.

Respublikaning ayrim joylarida kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Havo haroratining asta-sekin koʻtarilishi davom etadi. Haftaning birinchi yarmida tungi soatlarda biroz sovuq saqlanib turadi, kunduzgi havo harorati +8…+11 daraja atrofida boʻladi.

Payshanba va juma kunlari kechasi havo harorati 0…+3, kunduzi +12…+15 darajani tashkil etadi. Shimolda harorat kechasi 0…-5, kunduzi +4…+9 daraja boʻladi.

Toshkentda 3-7-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 0…-2, kunduzi +8…+10 daraja boʻladi. 5-7-fevralda kechasi +1…+3, kunduzi +12…+15 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.