Oʻzbekiston terma jamoasi 7–14-fevral kunlari Xarbinda (Xitoy) boʻlib oʻtadigan IX qishki Osiyo oʻyinlarida ishtirok etadi. Joriy yilda milliy delegatsiya mamlakatning ushbu musobaqalardagi ishtiroki tarixidagi eng koʻp sonli delegatsiya boʻladi — 24 nafar sportchi oltita sport turi boʻyicha Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.

Oʻzbekistonlik sportchilar quyidagi yoʻnalishlarda bellashadi:

  • Qisqa trek: Daniyel Yeybog, Denis Ayrapetyans

  • Konkida uchish sporti: Danila Semerikov

  • Togʻ-changʻi sporti: Medet Nazarov, Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Sabina Rejepova, Valeriya Kovaleva, Kseniya Grigoreva, Mariya Morozova

  • Mohinur Aralova, Feruza Boboqulova, Eʼzoza Shaymardanova, Asil Shoyimova, Jasur Shamsiddinov, Maqsudxon Akobirov, Shohruh Sardorov, Eʼzozbek Xushvaqtov

  • Figurali uchish: Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigʻirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova

  • Biatlon: Rolan Raimqulov, Dilmurod Abdurahmonov

Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 7-fevral kuni boʻlib oʻtadi va shu kuni oʻzbekistonlik sportchilar startga chiqadi.